» » Rafael Varan: “Bu mening mag‘lubiyatim. Jamoadoshlarim uchun afsusdaman”

Rafael Varan: “Bu mening mag‘lubiyatim. Jamoadoshlarim uchun afsusdaman”


“Real” himoyachisi Rafael Varan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindagi (1:2) xatolarini tan olib, jamoadoshlaridan uchun qayg‘uda ekanligi haqida gapirdi.

“Bu mening mag‘lubiyatim. Buni tan olishim kerak. Bu mag‘lubiyat uchun men javobgarman. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo xatolar qimmatga tushdi. Jamoadoshlarim uchun taassufdaman.

O‘yinni yaxshi his qilayotgandim. Ehtimol, biz uchrashuv boshida ko‘p tavakkal qildik va buning uchun yaxshigina jazolandik.

Jamoadoshlarim qo‘llab-quvvatladi va bu uchun minnatdorman. Bunday holatlar (Varan uchrashuv davomida ikki bor qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, ikkala vaziyat ham gol bilan yakunlandi — “Daryo”) faoliyatimda kamdan-kam yuz bergan.

Maydondagi shunday zonalar borki, birgina harakat qimmatga tushishi mumkin. Boshqa hech qanday izoh yo‘q”, — deydi Varan.

“Real” Chempionlar Ligasi 1/8 finalida ikkala o‘yinda ham “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ingliz klubi keyingi bosqichda Fransiyaning “Lion”i bilan kuch sinashadi.

Mavzuga doir: Ramosdan Messigacha. La Ligada mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют