» » Ramzan Qodirovning daromadi bir yil ichida 20 baravarga o‘sgan

Ramzan Qodirovning daromadi bir yil ichida 20 baravarga o‘sgan


2019-yilda Checheniston prezident Ramzan Qodirov jami 147,9 million Rossiya rubli miqdorida daromad qilgani haqida deklaratsiya to‘ldirgan. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Bir yil ichida Qodirovning daromadi 20 baravarga o‘sgan: 2018-yilda u 7,8 million rublni deklaratsiyada daromadi sifatida qayd etgandi. Ramzan Qodirovning rafiqasi esa 2018-yilda 60 ming rubl daromad qilgan va bir yildan keyin 2,4 million rublga deklaratsiya to‘ldirgan.

2019-yilda Checheniston rahbari ixtiyorida 28,4 ming kvadrat metr maydonga ega yer paydo bo‘lgan. Shuningdek, 2018-yilda ham Ramzan Qodirovga tegishli bo‘lgan 3,6 ming kvadrat metr maydon hamda 2344 kvadrat metrli turar joy uyi ham saqlanib turibdi.

Qodirov va uning rafiqasining daromad manbalari haqidagi ma’lumotlar deklaratsiyada mavjud emas.

2011-yilda Ramzan Qodirov BBC’ning Rossiya xizmatiga intervyu vaqtida Chechenistonning moliyalashtirish manbalari haqida berilgan savolga respublika pullarini Alloh berishi haqida gapirgan: “Pullar qayerdan kelishini bilmayman”, – degan edi Qodirov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют