Rossiyaning Rostov-Don shahridagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun uchinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan pandemiya sabab Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni olib kelish uchun 2 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qilingan edi. Transport vazirligi xabar berishicha, Rostov-Don shahridagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etilgan.
Xabar berilishicha, avvalgi ikki poyezd yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, mazkur poyezdlarning Orenburgdan kelayotgani 9-avgust kuni Namangan shahriga, Samaradan kelayotgani esa 9-avgust kuni Samarqand shahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda karantinga joylashtiriladi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning Rostov-Don shahridagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etildi. Ushbu poyezd 13-avgust kuni Toshkent shahriga kirib keladi.
Avvalroq Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun tashkil etilgan charter reyslar yo‘nalishi Namangandan Toshkentga o‘zgartirilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
