Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligida “ishlaydigan” mushuk nafaqaga chiqdi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligida “ishlaydigan” Palmerston laqabli mushuk rasman nafaqaga chiqqani hayvonning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Xabarda aytilishicha, to‘rt yil “ishlagan”idan so‘ng “Britaniya Tashqi ishlar vazirligidagi asosiy kalamush ovchisi” mushuk nafaqaga chiqishga va dam olishga qaror qilgan. Endi mushuk shahar chekkasidagi uyda yashaydi.
??Important news?? pic.twitter.com/PTEun74QYA
— Palmerston (@DiploMog) August 7, 2020
Mushuk Palmerston 2016-yilda, Tashqi ishlar vazirligida o‘z xizmatini boshlagan. Shuningdek, xabarda Palmerstonning Britaniya Bosh vaziri qarorgohida xizmat qiladigan Larri laqabli mushuk bilan keskin munosabatda bo‘lgani aytilgan.
Hayvonning Twitter’dagi sahifasida 105 mingdan ortiq obunachilari bor.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
