» » Senatorlar Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatga so‘rov yuboradi

Senatorlar Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatga so‘rov yuboradi


Oliy Majlis Senatining 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi yalpi majlisida Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu parlament so‘rovi fuqarolarning turli davlat tashkilotlariga yuborgan murojaatlari asosida shakllantirilgan.

Senatorlar ikki tomonlama bitimlar borligiga qaramay, fuqarolarni ishga tashkiliy tarzda joylashtirish ko‘rsatkichlari pastligicha qolayotganini ta’kidlagan.

Yuqori palata ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Rossiyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy agentliklar tomonidan tashkiliy tarzda qabul qilish orqali 1425 kishi ishga joylashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik barcha mehnat migrantlarining 25,4 foizi tegishli patentni rasmiylashtirmay ishlamoqda.

Senatda ta’kidlanishicha, mehnat migrantlarining jamiyatga moslashuvi past darajadaligi, rus tilini, Rossiya mehnat va migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yaxshi bilmasligi fuqarolarning huquqlarini ta’minlashda ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining dolzarb muammolarini hal etish masalasi Senatning diqqat markazida turganligi, O‘zbekiston—Rossiya parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasi faoliyatining markaziy mavzularidan biri ekanligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘zbekistonlik migrantlar masalasida rossiyalik hamkasbidan yordam so‘ragani, Rossiyada og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi tashkil etilgani xabar berilgandi. May oyida esa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ish qidirayotgan O‘zbekiston fuqarolari murojaat qilib Rossiyaning turli hududlarida har xil yo‘nalishlar bo‘yicha 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolarni taklif etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют