» » Bayrutda portdagi portlash aybdorlarini jazolash talabi bilan minglab odamlar kochaga chiqdi. Namoyishchilar tortta vazirlik binosini egallab oldi

Bayrutda portdagi portlash aybdorlarini jazolash talabi bilan minglab odamlar kochaga chiqdi. Namoyishchilar tortta vazirlik binosini egallab oldi


Livan poytaxtidagi portda yuz bergan, kamida 158 kishining olimi va yana olti ming odamning tan jarohati olishiga sabab bolgan portlashdan tort kun otib, 8-avgust kuni minglab aholi Bayrut kochalariga norozilik namoyishiga chiqdi. Reutersning xabar berishicha, Bayrut markazidagi Shahidlar maydoniga yetti mingga yaqin odam toplangan. Qiyomat kuni shiori ostidagi namoyish ishtirokchilari yuqori martabali amaldorlarni jazolashni talab qilgan namoyishchilarning fikricha, portdagi portlashga aynan ular aybdor, deb xabar bermoqda CNN.

A sea of people in #Beirut. Huge anger, largest participation in rioting that Ive seen so far. pic.twitter.com/mJXUMgfiQX

Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

#Beirut right now is ragging against the government after the port blast few days ago. pic.twitter.com/BEgeaSrDsf

Asaad Hanna (@AsaadHannaa) August 8, 2020

Big crowds dont look like theyre going anywhere for the time being #Beirut pic.twitter.com/0NCQFMMRwh

Sharif Kouddous (@sharifkouddous) August 8, 2020

Namoyish vaqtida amaldagi hukmron tuzumni agdarishga chaqiriqlar bolgan, shuningdek, yigilgan Inqilob!, deb ham hayqirgan. Ramziy dorning ornatilishi esa norozilik namoyishining kulminatsiyasiga aylangan bu, namoyishchilarning fikricha, masuliyatsizligi va korrupsiyaga botgani portlashga olib kelgan amaldorlar uchun bir ogohlantirishdir. Namoyishchilar kotargan plakatlarda Istefo yo dor! deb yozilgan edi.

Namoyishchilardan biri Associated Pressga bergan intervyusida bu dor Livanda songgi 30 yildan beri hokimiyat tepasida turgan odamlarga moljallangan. Unda, jumladan, Livan prezidenti Mishel Aun va Hizbulloh harakati yetakchisi Hasan Nasrullohning suratlari osildi. CNNning qayd etishicha, ramziy dor bundan 100 yil avval Usmonli saltanati rasmiylari isyon kotargan livanliklarni osgan joyda qad rostlagan.

Protesters have hung nooses in #Beiruts Martyrs Square that they say are for the politicians / government. The anger is palpable - many injured people here. Some are saying that they have prepared a big surprise for the authorities. Today is going to be a long one. pic.twitter.com/wN5Hgq5PF4

Bel Trew (@Beltrew) August 8, 2020

Don't let resistance-propaganda accounts convince you that protests in #Beirut are partisan.

As you could see below, protesters are against both camps pic.twitter.com/9pPjI4O5xn

Amaris (@HorLevnon) August 8, 2020

Ayrim namoyishchilar politsiyachilar va harbiylarga qarata tosh otgan, boshqalari esa tosiqlarni buzib otib, Livan parlamentiga bostirib kirishga uringan. Bunga javoban politsiya namoyishchilarga qarshi kozdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Shundan song faollardan kimdir parlament yolida turgan yuk mashinasini yoqib yuborgan. Livan Qizil Hoch tashkiloti malumotiga kora, toqnashuvlar vaqtida kamida 700kishi jabrlangan.Bayrutdagi namoyishlar vaqtida xavfsizlik kuchlari xodimlaridan biri halok bolgan, yana bir necha nafari oqotar quroldan yaralangan.

Get back get back their shooting
No problem, let them. pic.twitter.com/gO5W72dVVP

Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

Namoyishchilar va kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari ortasida toqnashuvlar boshlangach, norozilik aksiyasi ishtirokchilarining bir qismi 4-avgustdagi portlash vaqtida zarar korgan Livan Tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirgan. Al-Jaziraning xabar berishicha, namoyishchilarning bu guruhiga Livan armiyasining istefodagi zobitlari boshchilik qilgan. Namoyishchilardan biri egallab olingan bino inqilob shtabi ekanini megafon orqali elon qilgan. Namoyishchilar Livanning yana uchta iqtisodiyot, energetika va atrof-muhit masalalari vazirliklari binolariga bostirib kirgan; shuningdek, Livan Banklari assotsiatsiyasi binosi ham egallangan. Shundan song shaharga qoshimcha harbiy kuchlar kiritilgan.

Protestors have taken over the #Lebanon economy ministry, throwing down a rain of documents and a picture of President Michel Aoun. A man next to me shouts focus on the bills man, tear up my bills. pic.twitter.com/RAHtyOyk6K

Timour Azhari (@timourazhari) August 8, 2020

Bayrutda toqnashuvlar avjiga chiqayotgan bir vaqtda, Livan bosh vaziri Hasan Diab mamlakat aholisiga murojaat yollagan (qayd etish joiz, ramziy dorda, jumladan, uning surati ham bor edi). U mamlakatda muddatidan avvalgi parlament saylovlari otkazilsagina, Livan inqirozdan chiqa olishini takidlagan. Bizga yangi siyosiy elita va yangi parlament kerak, deb, bosh vazir muddatidan avvalgi saylovlar togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga vada bergan. Shuningdek, Diab portdagi portlash boyicha surishtiruv ishlari barcha aybdorlar aniqlanmagunicha davom etishini qoshimcha qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (9-08-2020, 12:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
:
-
:
20 ... -