» » Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi


Braziliyada koronavirus infeksiyasiga yuqtirib olganlarning umumiy soni 3 million kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Avvalroq, 17-iyul kuni mamlakatda kasallanganlar soni 2 million kishidan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Yangilangan statistikaga ko‘ra, Braziliyada shu kungacha 3 012 412 kishida COVID-19 tasdiqlangan. Jumladan, so‘nggi bir sutka ichida 49 970 kishida kasallik aniqlangan. Ayni vaqtda, sutka davomida mamlakatdagi koronavirus qurbonlari soni 905 kishiga ko‘payib, 100 477 kishiga yetgan.

Avvalroq, 23-iyulda Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq sutkalik ko‘rsatkich antirekordni qayd etib, bir kunda 67 860 kishida kasallik tasdiqlangan edi.

AQShning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya koronavirusga chalinganlar va ushbu infeksiya asoratlari oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda yetakchilardan biridir — Braziliya bu borada faqat AQShdan ortda qolib, dunyoda ikkinchi bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют