» » Minsk markazida avtozak namoyishchilar ustiga yurdi

Minsk markazida avtozak namoyishchilar ustiga yurdi


Belarus poytaxti Minsk markazidagi Nemiga ko‘chasida avtozak (qo‘lga olingan fuqarolarni saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan maxsus avtomobil) norozilik namoyishi ishtirokchilari guruhi ustiga bosib bordi.

“MBX media” muxbirining xabar berishicha, avtozak haydovchisi bu ishni qasddan qilgan; hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohati olgan, ular shu zahoti tibbiyot xodimlari ixtiyoriga topshirilgan.

“Tut.by” portali hodisa guvohlaridan birining so‘zlariga tayanib xabar berishicha, jabrlanuvchilardan birini bir necha kishi ko‘tarib ketgan; bu vaqtda ularga qarata yorug‘lik-shovqinli granatalar uloqtirilgan. Olomon “Qotillar!” deya hayqirishni boshlagan.

“Mediazona” muxbirining aniqlik kiritishicha, namoyishchilardan biri mashinasini yo‘lga ko‘ndalak qo‘yib, militsiya avtomobili harakatini to‘sib qo‘yganidan so‘ng, avtozak haydovchisi mashinani olomon ustiga haydagan.

Mavzuga doir: Militsiya namoyishchilarni ommaviy ushlamoqda, eng yirik OAV saytlari ishlamayapti, Lukashenko 80 foiz ovoz olyapti. Belarusdagi saylov haqida asosiy ma’lumotlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют