» » “Biz g‘olib chiqdik, deb hisoblayman. Chunki o‘zimizdagi qo‘rquvni yenga oldik”. Svetlana Tixanovskaya — Belarus prezidenti saylovidan so‘ng

“Biz g‘olib chiqdik, deb hisoblayman. Chunki o‘zimizdagi qo‘rquvni yenga oldik”. Svetlana Tixanovskaya — Belarus prezidenti saylovidan so‘ng


Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayoni yakuniga yetgach, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning eng asosiy raqibi sifatida e’tirof etilayotgan prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya matbuot anjumanida chiqish qildi. Uning so‘zlarini Meduza keltirmoqda.

“Men bunga ishongandim. Butun saylov kampaniyasi Belarus xalqining ulkan qo‘llab-quvvatlovini namoyon etdi. Juda ko‘plab odamlar namoyishlarga chiqdi, bunaqasi bizning Belarusda hech qachon bo‘lgan emas. Kuzatuvchilar soni aqlbovar qilmas darajada ko‘p edi, hammasi ham o‘xshamadi, lekin biz qo‘limizdan kelganicha harakat qildik. Halol hisob-kitob qilgan saylov komissiyalariga ham alohida minnatdorlik bildirishni istardim, bu ham bir jasorat. Odamlarimiz uyg‘ondi. Ular siyosiy hayotda faol ishtirok eta boshlaganidan juda xursandman. Odamlar va nihoyat o‘z qo‘rquvlarini yengib o‘ta olishdi. Hali yana ko‘pchilik shunday qilishi kerak. Hammaga — shtablarga, ko‘ngillilarga, yonimizda bo‘lgan hammaga tashakkur! Menimcha, biz g‘olib chiqdik, chunki biz o‘z qo‘rquvimiz ustidan g‘alaba qozondik, siyosatga aralashmasligimizni yenga oldik, loqaydlik va befarqligimizni mag‘lub etdik. Bu boshqa har qanday g‘alabadan ko‘ra muhimroq g‘alabalardir”, — Svetlana Tixanovskaya.

Mavzuga doir: Militsiya namoyishchilarni ommaviy ushlamoqda, eng yirik OAV saytlari ishlamayapti, Lukashenko 80 foiz ovoz olyapti. Belarusdagi saylov haqida asosiy ma’lumotlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют