» » Fotojamlanma: Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning Beverli-Xillzdagi koshonasiga sayohat

Fotojamlanma: Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning Beverli-Xillzdagi koshonasiga sayohat


Amazon rahbari va dunyodagi eng boy odam Jeff Bezos 10 million dollarga Beverli-Xillzdagi ikki qavatli uyni sotib oldi, deb yozadi Glamour jurnali.

Bezosning yangi uyi qiziqarli tarixga ega. Uy 1930-yilda mashhur arxitektor Samner Spolding loyihasi asosida qurilgan. Ichki ko‘rinishi Amerika uslubida qishloq uylariga xos rustik elementlar bilan bezarilgan. Uyda qulay yashash uchun hamma narsa bor: uchta shinam yotoqxona, to‘rtta hammom va qo‘shimcha sanuzel, keng oshxona, marmar kaminli mehmonxona, kutubxona va film ko‘rish uchun zal.

Aprel oyida Bezos Nyu-York markazida uch qavatli pentxaus va ikkita qo‘shni kvartirani 80 million dollarga sotib olgan. Ushbu go‘zal shahar kvartiralariga nazar solib, biznesmenga shahar chetidagi bunday kamtarona uy nega kerakligi haqida savol tug‘iladi. Bezosning 165 million dollarga baholanadigan oshxona egasi ekanligi sababli, yangi uy uning tanlangan ishchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

Bezosning boyligi 181 milliard dollarga baholanadi. Uning Vashington, Nyu-York, Medine (Vashington shtati), Amazon shtab-kvartirasi yonida ko‘chmas mulki, shuningdek, Sietlda mulki va Texasda ranchosi bor.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют