» » “Spartak” Oston O‘runovni 5 mln yevro taklif qilgan Bundesliga klubiga sotmadi. Jamoa uni 15 million yevroga pullamoqchi

“Spartak” Oston O‘runovni 5 mln yevro taklif qilgan Bundesliga klubiga sotmadi. Jamoa uni 15 million yevroga pullamoqchi


“Spartak” yaqinda o‘z safiga qo‘shib olgan Oston O‘runov transferi borasida 5 million yevrolik taklif olgan va unga rad javobini bergan.

Xabar qilinishicha, Germaniyaning “Herta” klubi o‘zbekistonlik futbolchi uchun 5 million yevro taklif qilgan, ammo moskvaliklar mazkur taklifga rad javobini bergan. “Spartak” Ostonni 15 million yevroga pullamoqchi, deya xabar qiladi rossiyalik insayder Vyacheslav Korotkin.

Klub rahbariyati yosh iqtidor egasi “Spartak” safida bir necha mavsum yorqin o‘yin ko‘rsatishidan va buning natijasida uning transfer bahosi oshishidan umidvor.

Mavzuga doir:

“Spartak” 5-avgust kuni “Ufa”dan O‘runovni sotib olganini e’lon qilgandi. 19 yoshli futbolchining transferi poytaxt klubiga 2 million yevroga tushgani va Ostonning yillik maoshi 600 ming yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.

Oston O‘runov faoliyatidagi yorqin dribling va chiroyli gollar (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют