» » “Ko‘chada tani-joni sog‘ odamlarni ko‘rib, havas qilib yig‘layman”. Dahshatli yong‘indan omon qolgan sobiq imom yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

“Ko‘chada tani-joni sog‘ odamlarni ko‘rib, havas qilib yig‘layman”. Dahshatli yong‘indan omon qolgan sobiq imom yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj


G‘olib Ergashev 1982-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. U ham barcha qatori farzandlarini tarbiyalab, shahardagi masjidlarning birida imom hatiblik qilib kelayotgan edi. Biroq 2018-yil 12-fevral kuni uning boshida og‘ir sinov tushdi. Baxtsiz hodisa tufayli G‘olib Ergashevning barcha tana a’zolari yonib ketdi.

Uni zudlik bilan tumandagi markaziy shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan uning hayotini saqlab qolishgan. Ammo bugunga kelib G‘olib Ergashev chalajon, garchi yashayotgan bo‘lsa-da, holati juda og‘ir.

O‘sha mash’um voqea sodir bo‘lganiga ham ancha yil bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo uning og‘riqlari, alamlari hamon bitgani yo‘q. Bu vaqt oralig‘ida nafaqat jismonan, balki ruhan ham azob chekib kelyapman. Chunki tan og‘rig‘ini badanimdagi chandiq va yaralar orqali his qilsam, yaqinlarimning, ayniqsa, ota-onamning ezilishlarini ko‘rib ruhan qiynalaman. Bu holatni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Shu qisqa vaqt ichida ota-onamning yillarga teng umri zavol topdi. Ularning tim qora sochlari qordek oqardi. Qaddi egildi, ko‘zlarini mangu mahzunlik egalladi.

Erkak kishi to‘shakka mixlanib qolmasin ekan. Men qatorilar mehnat qilib, qora qozonini qaynatib yurgan bir mahalda, shiftga termulib yotish, yana bir azob. Mana shunday kunlarda yana odamlar ichiga qo‘shilishga, jamoat ichida Qur’on tilovat qilishga, qo‘ni-qo‘shnining, el-yurtning, eng avvalo, ota-onamning koriga yarashni nasib etsin deb Allohga iltijolar qilib chiqaman. Ko‘chadan kimdir chaqirib kelsa, “hov” deb chiqishga uyalaman. Chunki ko‘rinishimdan haligi odamning seskanishi dilimni og‘ritadi. Uni ham, o‘zimni ham qiyin ahvolga solmay deyman. Indamayman, uyda kimdir bo‘lsa, kutib oladi, bo‘lmasa kelgan odam qaytib ketadi.

Tunlari ko‘zlarimni yumib, miriqib uxlagim keladi. Ammo o‘sha fojiadan so‘ng, ko‘zlarim atrofidagi terilarga jiddiy shikast yetgani sabab, ularni yuma olmayman. Dori qo‘yib, og‘riqlarga chidab, ko‘zlarimni ochgancha uxlayman. Buni qanday azob ekanini tasavvur ham qila olmaysiz. Ayniqsa, chang-to‘zonli havoda ko‘zlarim juda achishib og‘riydi.

Aytayotganlarim aslo malomat emas. Alloh kechirsin. Bir vaqtlar bo‘ldiki, sog‘ayish tugul yashab qolish eng katta oruim edi. Allohga shukur, mana, hayotman. Ammo insonning tabiatida yashashga bo‘lgan umid, sog‘lom hayotga bo‘lgan tashnalik hech qachon so‘nmas ekan.

Ko‘cha-kuyda tani-jonlari salomat odamlarni ko‘rib, havas qilib yig‘layman. Ammo hech qachon Allohning yordamiga bo‘lgan umidim o‘chmaydi. O‘tgan vaqt davomida oramizda saxovatpesha insonlar borligiga yurak-yurakdan ishondim. Ular boshida menga qo‘llaridan kelgan barcha yordamni berishdi va hamon yordam berib kelishmoqda.

Istagim, bu safar ham meni qo‘llab-quvvatlashsa. Yuz soham va qo‘llarim ustida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur. Buning uchun esa moddiy ehtiyojmand bo‘lib turibmiz. Yaxshilar ko‘magida yana sog‘lom hayotga qaytsam, o‘zim yotib, o‘zim tursam, o‘zim ovqatlansam, odamlar bilan bemalol muloqot qila olsam. Ularning bu yaxshiligini hech qachon unutmayman. Haqlariga doim duoda bo‘laman.

Biz barcha saxovatgo‘y yurtdoshlarimizdan G‘olib Ergashevning tuzalib ketishida o‘z yordamlarini ayamasliklarini so‘rab qolamiz.

G‘olib Ergashev uchun xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Otasi Asad Ergashev nomida

Click/Payme: 8600 0423 7699 0098 (Agrobank)

ATB Agrobank Shahrisabz filiali

MFO: 00166

INN: 200673051

Naqd pul topshirganda: 23116000900000166001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:

23118000900000166001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000500000166001

Otasi Asat Ergashevning raqami

+998 97 387 09 02



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют