» » Lionel Messi “Napoli”ga qarshi o‘yindan so‘ng Jyuneyt Chaqirga qo‘l uzatishni istamadi (video)

Lionel Messi “Napoli”ga qarshi o‘yindan so‘ng Jyuneyt Chaqirga qo‘l uzatishni istamadi (video)


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Napoli”ga qarshi kechgan o‘yindan (3:1) so‘ng uchrashuv bosh hakami Jyuneyt Chaqirga qo‘l uzatishni istamadi.

Uchrashuvdan so‘ng turkiyalik hakam futbolchiga qo‘lini cho‘zgan, biroq Messi unga qo‘l uzatishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga hujumchi hakamga o‘z e’tirozlarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv vaqtida Chaqir qo‘l bilan o‘ynalganligi tufayli Messining golini hisoblamadi. Shuningdek, “Barselona”ning uchinchi goliga olib kelgan penaltidan avval hakam Kalidu Kulibalining argentinalik futbolchiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yiniga dastlab e’tibor qaratmagandi, videotakrorlardan so‘ng esa 11 metrlik jarima zarbasi belgilangandi.

Leo Messining 19-raqamda o‘ynagan vaqtida urgan qoyilmaqom 19 ta goli (video)

Messi refusing to greet the referee three times because he disallowed his goal. He’s so obsessed with his records. Disgraceful ‘good boy’. pic.twitter.com/pSitOj6sdc

— Baran (@RonaIdoEdition) August 9, 2020

“Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:1, 3:1) chorak finalga yo‘l oldi va u yerda “Bavariya” bilan kuch sinashadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют