» » O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda


15-avgustdan boshlab O‘zbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda “Azon.uz” o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni soatlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatdagi barcha imom va noiblar ishtirokida videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

“Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofir Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samarodor qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga e’tibor qaratilib, 150 milliard so‘m ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning o‘rni va ta’siri bo‘lishi zarurligi kabi mavzularda so‘z borayotir. Shuningdek, masjidlar faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, bunda avvalo nimalarga e’tibor qaratilishiga oid chora-tadbirlar muhokama etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq IIV karantindan so‘ng masjidlarda namoz o‘qish uchun hech qanday cheklov bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26-iyuldagi qaror bilan karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют