» » Konor Makgregor ikki farzandining onasiga uylanadi. U Di Devlinning qo‘lini so‘radi (foto)

Konor Makgregor ikki farzandining onasiga uylanadi. U Di Devlinning qo‘lini so‘radi (foto)


Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregor uzoq yillik munosabatlardan so‘ng ikki farzandining onasi Di Devlinga uylanishga qaror qildi. Irlandiyalik jangchi bu haqda Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.

“Qanday ajoyib tug‘ilgan kun, bo‘lajak rafiqam”, — deb yozgan Konor qallig‘ining tug‘ilgan kuniga o‘zgacha sovg‘a tariqasida.

Qayd etish joiz, juftlik 2008-yildan beri yaqin munosabatda. Devlin Konorning MMA super yulduziga aylanishida u bilan yonma-yon turgan. Hozirda ular Jek va Kroya ismli ikki farzandni tarbiyalamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor jang qilishdan zerikkani va o‘zi uchun munosib raqib yo‘qligi uchun faoliyatini yakunlagandi.

Ma’lumot uchun, Makregor MMA’da 26 ta jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan. U 2015-yilning 12-dekabrida Joze Aldoni mag‘lub etgan holda yarim yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Konor shuningdek, yengil vazn toifasi sobiq chempioni hisoblanadi.

Konor Makgregorning 40 soniya ichida raqibini nokautga uchratgan jangini ko‘rganmisiz. Uni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют