» » O‘zbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda ko‘rdi

O‘zbekiston jahon bozorida oltin narxining oshishidan foyda ko‘rdi


2020-yilning dastlabki olti oyida resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning umumiy hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 0,5 trillion so‘mga oshib, 9,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Resurs soliqlaridan qo‘shimcha tushumlarning asosiy qismi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri kelgan. 2020-yilning I yarim yilligida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 2019-yilning I yarim yillikdagi tushumlar bilan solishtirganda 0,8 trillion so‘mga ko‘paygan va quyidagilar hisobiga 7,6 trillion so‘mni tashkil etgan:

2020-yil dastlabki olti oyida O‘zbekiston Davlat budjeti daromadlari 58,2 trillion so‘mni tashkil etgan yoki o‘tgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trillion so‘mga ko‘p mablag‘lar undirilgan.

Mavzuga doir: Dunyoda oltin narxi tarixda birinchi bor unsiyasi uchun 2 ming dollardan oshdi

Avvalroq oltin zaxirasi O‘zbekistonga pandemiya vaqtida “jon saqlash”ga imkon berayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. May oyining boshida O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yil uchun yangilangan prognozini e’lon qilgandi. Unda ko‘plab pessimistik prognozlar bilan bir qatorda, oltin borasida ijobiy taxminlar keltirilgan edi. Iyul oxirlarida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi ilk bor 32 milliard dollardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют