» » O‘zbekistonda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi

O‘zbekistonda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi


O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbir boshida davlat rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, barcha hududlarda davolash o‘rinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada mamlakat bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi oshgani qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta’kidlandi.

Avvalroq O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng ochilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinishi haqida avvalroq Senat raisi Tanzila Norboyeva ham gapirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют