» » Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rejalashtirilgan tashrifi 2020-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rejalashtirilgan tashrifi 2020-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning dekabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, The Korea Times xabar berdi.

Janubiy Koreya Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi rasmiyning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidentining tashrifi 2020-yil sentabr oyiga rejalashtirilgandi. Biroq tashrif COVID-19 pandemiyasi sababli dekabr oyiga qoldirilgan.

Nashr manbasiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida kelishuv imzolashga imkon beruvchi iqtisodiy omillarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari ham olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga safar qilishi rejalashtirilgani haqida 13-aprel kuni ikki mamlakat rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotdan keyin ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют