» » Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yoritib boriladi

Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yoritib boriladi


Ayni paytda Xalqaro press klub O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifini yoritish bilan shug‘ullanmoqda. Kun davomida ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar uzatilishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev ma’lum qildi.

“Qariyb 25 kishi Prezidentning Janubiy Koreyaga tashrifini tezkorlik bilan yoritishga mas’ul bo‘lib turibdi. Kun davomida ‘O‘zbekiston 24’ telekanali orqali ko‘p marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar uzatilishi kutilmoqda. Shuningdek, Seuldan telereportajlar berib boriladi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga keldi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют