» » Farg‘onada 11-avgustdan oshxona, restoran va kafelar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Farg‘onada 11-avgustdan oshxona, restoran va kafelar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi


Farg‘onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan 2020-yil 11-avgustdan boshlab oshxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda umumiy ovqatlanish shoxobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta’minlagan holda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.

Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari, qurilish mahsulotlari bozori, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgani xabar qilingandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishi lozimligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют