» » Andijonda 6-avgustdan boshlab oshxona, buyum bozorlari va mehmonxonalar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

Andijonda 6-avgustdan boshlab oshxona, buyum bozorlari va mehmonxonalar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi


Andijon viloyatida 2020-yil 6-avgustdan boshlab oshxonalar, buyum bozorlari, xususiy bog‘chalar, go‘zallik salonlari hamda mehmonxonalar o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 5-avgust kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shunday qarorga kelingan.

Viloyat hokimi rahbarligidagi yig‘ilishda endilikda sanitariya qoidalariga amal qilgan holda yashashga, ishlashga o‘rganish lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, hokim karantin qoidalarini yumshatish vaqtini kelganini, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ruxsat berish uchun esa soha mutaxassislari tomonidan talablar ishlab chiqilganini aytgan.

“Andijon shahrida 10 ta, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa va Asaka tumanlarida 2 tadan, qolgan shahar va tumanlarda 1 tadan maxsus ishchi guruh tuzilgan. Ularning asosiy vazifasi tadbirkorlarning murojaatlaridan kelib chiqib, bir kun muddatda joyiga borib haqiqiy holatni o‘rganish va belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng dalolatnoma rasmiylashtirishdan iborat. Shundan keyin tadbirkorga faoliyatini boshlashga ruxsat beriladi. Kimda kim karantin qoidalariga amal qilmasa, ularga tegishli tartibda qonuniy choralari ko‘riladi”, — dedi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Ta’kidlanishicha, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish, binolarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion to‘shaklar hamda dezinfeksion tunnellar bilan jihozlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Bozorlar va qurilish savdo majmualarida ham ana shu kabi talablarga qat’iy rioya qilinishi ko‘rsatilgan.

Sartaroshxona va go‘zallik salonlarida xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat, tibbiy niqob, yuzni to‘liq to‘sadigan himoya niqobi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “bitta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs – bitta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari, qurilish mahsulotlari bozori, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Kitob tumanida buyum bozori va oshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют