» » Uyi tintuv qilingan qashqadaryolik blogerlar ishi bo‘yicha brifing tashkil etiladi. Viloyat prokuraturasi va IIB holatni izohlaydi

Uyi tintuv qilingan qashqadaryolik blogerlar ishi bo‘yicha brifing tashkil etiladi. Viloyat prokuraturasi va IIB holatni izohlaydi


Uyi tintuv qilingan yakkabog‘lik blogerlar — Maqsud Muzaffarov, Kamil Faxriddinovlar masalasi bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tadi. Unda Qashqadaryo prokuraturasi va IIB holatni izohlaydi. Bu haqda AOKAning viloyatdagi vakili Usmon Nusurovga tayanib, “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, brifing 2020-yil 12-avgust kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, AOKAning Qashqadaryodagi mas’uli Usmon Nusurov 2020-yil 10-avgust kuni Yakkabog‘ tumanida bo‘lib, kaltaklangan blogerlar bilan ko‘rishgan.

“Blogerlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Yakkabog‘lik blogerlarni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz. Vakolatimiz doirasida barcha ishni amalga oshiramiz”, — deydi Usmon Nusurov.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi blogerlar — Maqsud Muzaffarov hamda Kamil Faxriddinovlar karantinda Damas’lar narxi oshib ketganidan shikoyat qilgan fuqarolar talabiga ko‘ra, bepul taksi loyihasini amalga oshirgan. Va bu harakati uchun Damas’chilar tomonidan kaltaklangan.

Bu ham yetmaganidek, uni kaltaklagan fuqaroning barmog‘ini sindirishda ayblanib, uyi tintuv qilingan.

Bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilgan bloger Maqsud Muzaffarov Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va DXXga videomurojaat yo‘llab, hayoti xavf ostidaligi uchun yordam so‘ragan.

Salkam ikki oy e’tiborsiz turgan muammo Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva esga olganidan so‘ng oldinga siljidi. Shu paytga qadar sukut saqlab turgan AOKAning viloyatdagi mas’ullari ham blogerlar himoyasiga otlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют