» » Qashqadaryo hokimi buzilayotgan uy ichidan baqirayotgan bolalar bilan bog‘liq hodisa qachon va qanday sodir bo‘lganini ma’lum qildi

Qashqadaryo hokimi buzilayotgan uy ichidan baqirayotgan bolalar bilan bog‘liq hodisa qachon va qanday sodir bo‘lganini ma’lum qildi


4-avgust kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Yakkabog‘ tumanining “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘onchasida bo‘lib, tadbirkor va hokim o‘rinbosari o‘rtasidagi mojaro uchun jurnalistlar va blogerlar orqali xalqdan kechirim so‘radi. Hokim Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgani taxmin qilingan yana bir “snos” haqidagi video bilan bog‘liq haqiqatni ochiqladi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Zafar Ro‘ziyev 4-avgust, yakshanba kuni “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘onchasidagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida viloyatda faoliyat yurituvchi jurnalist va blogerlar bilan muloqotga kirishib, tadbirkor va tuman hokimi o‘rinbosari voqeasi uchun xalqdan uzr so‘ragan. Viloyat hokimi Yakkabog‘ voqeasida asosiy aybdor o‘zi ekanligini aytib, Eski Yakkabog‘dagi “Obod qishloq” Davlat dasturi uning farmoyishiga ko‘ra amalga oshirilganligini, bundan na Prezident va na hukumat rahbari xabardor qilinmaganligini ta’kidladi. O‘zboshimchalik bugun o‘ziga qimmatga tushayotganligini inkor etmadi.

Viloyat hokimi “Daryo” muxbirining tadbirkor va hokim o‘rinbosari voqealari davom etayotgan bir paytda internetda Yakkabog‘ tumanida bo‘lgani taxmin qilingan yana bir video tarqalgani, videoda yosh bolalar uyi buzilishiga qarshilik ko‘rsatgani ko‘ringani, ammo ushbu voqeaga nima uchun munosabat bildirilmaganligini so‘radi.

Zafar Ro‘ziyev videodagi voqea 1-may kuni Eski Yakkabog‘ hududida bo‘lganini, uy egasi o‘sha kuni spirtli ichimlik ichib kelgani bois IIB xodimlari uy egasini uydan chiqarishga uringanini, shunda uy egasining farzandlari bundan qo‘rqib ketib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatganini aytdi.

Yakkabog‘ tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizovning qo‘shimcha qilishicha, videodagi yosh bolalar uyi buzilgan fuqaro Zafar Jo‘rayevning 10 va 12 yoshli farzandlari.

Viloyat hokimining aytishicha, Zafar Jo‘rayevning buzilgan uyi uchun kompensatsiya puli to‘lab berilgan.

Kasbi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Faxriddin Bozorov tadbirkor Bahriddin Isomovning farzandi Muhammadro‘zi Daminovga kuch ishlatgan IIB xodimlariga nisbatan chora ko‘rilgan yoki ko‘rilmagani bilan qiziqdi. Viloyat hokimi bu savolga javob berar ekan, aybdorlarga albatta jazo berilishini ta’kidladi.

Muloqot so‘ngida viloyat hokimi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbarlari bilan ham yakka tartibda muloqot o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют