» » O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikda 58,2 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikda 58,2 trln so‘mni tashkil etdi


O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 2020-yil I yarim yillikda 58,2 trillion so‘mni tashkil etdi yoki 2019-yilning mos davriga nisbatan 7,5 trillion so‘mga ko‘p mablag‘lar undirildi, deya xabar bermoqda Moliya vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlari hisobiga ta’minlanmoqda. Bunda soliqsiz daromadlarning ulushi ko‘paymoqda, bu, eng avvalo, davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushumining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, soliq tushumlari 45,9 trillion so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 6,8 trillion so‘mga (17,2 foiz) ko‘p mablag‘lar undirilgan.

Iqtisodiy faollikning pasayishi va koronavirus pandemiyasi davrida berilgan soliq imtiyozlari sababli II chorakda soliq daromadlarining pasayishiga qaramasdan jami soliq tushumlari miqdori I yarim yillikda o‘sgani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют