» » Oq uy yaqinidagi otishma sabab Trampni matbuot anjumanidan olib chiqib ketishdi (video)

Oq uy yaqinidagi otishma sabab Trampni matbuot anjumanidan olib chiqib ketishdi (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanidagi chiqishi kutilmaganda to‘xtatilib, u minbardan olib chiqib ketildi. Keyinroq prezident yana jurnalistlar qarshisiga qaytgan, deb xabar beradi CNBC.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maxfiy xizmat xodimlari brifingda Trampning chiqishi boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib uni to‘xtatib qo‘ygan va prezidentni Oval xonaga olib ketishgan. Biroz o‘tib Tramp qaytib kelgan va bunga Oq uy qarshisidagi otishma sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

President Trump was rushed out of the White House briefing room Monday evening and later said the Secret Service had shot someone nearby. https://t.co/RrzvQqqQT4 pic.twitter.com/LdU94gVZZY

— ABC News (@ABC) August 10, 2020

“Ehtimol, otishma menga bog‘liq emas. Balki bunga boshqa biror nima sabab bo‘lgandir”, — degan Tramp.

Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, sodir bo‘lgan voqeaning barcha detallaridan u xabardor emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochgan shaxs bir kishi bo‘lgan. Maxfiy xizmat xodimlari erkakni jarohatlagan, shundan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan.

US President Donald Trump leaves news conference after reports of shooting outside White House https://t.co/VKj77JRawI pic.twitter.com/NLVB70nr2w

— BBC Breaking News (@BBCBreaking) August 10, 2020

“Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bu juda noodatiy, hayratga tushdim. Maxfiy xizmat xodimlaridan hech kimga jarohat yetmagan”, — deya qo‘shimcha qiladi Tramp.

CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, yarador erkak hushsiz holatda Jorj Vashington universitetidagi shifoxonaga olib ketilgan. Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, maxfiy xizmat xodimi erkakning ko‘kragidan jarohatlagan.

Mavzuga doir: Tramp otishma chog‘ida o‘zini qanday tutgan bo‘lishi haqida gapirib berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют