» » JSST rahbari koronavirusga qarshi kurashda “umid uchqunlari” paydo bo‘lganini ma’lum qildi

JSST rahbari koronavirusga qarshi kurashda “umid uchqunlari” paydo bo‘lganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 20 millionga, qurbonlar soni esa 750 mingga yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, COVID-19’ga qarshi kurashda umid uchqunlari borligini ma’lum qildi.

“Ko‘pchiligingiz qayg‘uda ekanligingizni va bu dunyo uchun qiyin vaqt ekanligini bilaman. Biroq men oydinlik kiritishni istayman: umid uchqunlari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki posyolka, qayerda joylashganidan qat’i nazar COVID-19 tarqalishining oldini olish hech qachon kech emas”, — deydi Gebreyesus.

JSST rahbari koronavirus tarqalishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik va bu borada muvaffaqiyatli natijalarga erishgan mamlakatdan ibrat olishga chaqirgan. “Mekong daryosi bo‘yidagi ayrim davlatlar, Yangi Zelandiya, Ruanda va Karib dengizi hamda Tinch okeanidagi ko‘plab orol davlatlar virus tarqalishini erta bosqichda to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi”, — deya ta’kidlaydi JSST rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya koronavirusga qarshi qanday kurashish lozimligi borasida dunyoga namuna bo‘lgan. O‘tgan dam olish kunlari Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakat ichida koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari 100 kundan buyon qayd etilmaganini ma’lum qilgan.

JSST rahbari barcha davlatlar yetakchilarini harakat qilishga, fuqarolarni esa yangi cheklov choralariga rioya qilishga chaqirgan.

Shuningdek, Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksinalar haqida ham gapirib, undan barcha foydalana olishi uchun 100 milliard dollardan ortiq investitsiya zarur bo‘lishini ma’lum qilgan.

Avvalroq JSST rahbari koronavirusga qarshi yaratilayotgan amaldagi vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.

Mavzuga doir: Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют