» » Dillian Uayt: Entoni Joshua juda ko‘p valdiraydi, bunday yigitlardan charchadim

Dillian Uayt: Entoni Joshua juda ko‘p valdiraydi, bunday yigitlardan charchadim


Professional boksning og‘ir vazn toifasi vakili britaniyalik bokschi Dillian Uayt (26-1, 18 KO) mazkur divizionda WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaga (23-1, 21 KO) haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Agar u Povetkinga qarshi jangimdan keyin ringga chiqadigan bo‘lsa, u holda jang qilishimizga to‘g‘ri keladi. Entoni buni o‘yin deb o‘ylamoqda, ammo men o‘ynamayapman. Barcha bir-birimizning yuzimizga qarab baqirish bilan o‘tib ketadi deb o‘ylayapti, biroq Joshua bu ishni qilsa, jang bo‘ladi.

Povetkinga qarshi jangimda Joshuaning kimga muxlislik qilishi men uchun qiziq emas. U bugun bir gap aytadi, ertasiga esa boshqasini. Unda mantiq degan narsa yo‘q.

U shunchaki bo‘lmag‘ur narsalar haqida ko‘p gapiradi. Har doim valdirayveradigan odamlardan charchadim”, — deydi Uayt.

Ma’lumot uchun, Dillian Uayt faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni 2015-yilning dekabrida Entoni Joshuaga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda qabul qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Dillian Uayt rossiyalik bokschini mag‘lub etadigan bo‘lsa, u holda Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan ringga ko‘tariladi.

Mavzuga doir: Tayson Fyuridan Kubrat Pulevgacha. Eng yaxshi og‘ir vaznli bokschilar top-10 reytingi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют