» » Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozori hududidan 150 gr opiy giyohvandlik vositasini 19,5 mln so‘mga sotib olgan shaxs ushlandi

Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozori hududidan 150 gr opiy giyohvandlik vositasini 19,5 mln so‘mga sotib olgan shaxs ushlandi


O‘zbekistonning qator hududlarida qonunga xilof ravishda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi, deb “Daryo”ga xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Y.X. ismli shaxs Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozori hududida tanishi Abduvali ismli shaxsdan 150 gramm opiy giyohvandlik vositasini jami 19 500 000 so‘m evaziga sotib olganligini hamda oz miqdorini o‘zi iste’mol qilib, qolgan qismini Xorazm viloyatida sotish maqsadida olib ketayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, 1973-yilda tug‘ilgan Y.X. boshqaruvidagi Hyundai rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidagi noutbuk joylangan sumka ichidan 133,35 gramm opiy giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahri “Sayxun” MFY hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan mamlakatga olib kirish uchun Tojikiston tomonidan uloqtirilgan 892,5 gramm gashish giyohvandlik moddasi topildi. Hozirda mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi viloyat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand—Urganch yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1978-yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning tepa oyna qismida 3 dona sellofan paketda alohida skotch bilan o‘ralgan jami 336 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

S.S. ushbu og‘uni Samarqand viloyatida Alisher ismli shaxsdan kelgusida sotish maqsadida 2300 AQSh dollari hamda 35 500 000 so‘mga sotib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasi ham “Sarimoy” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1972-yilda tug‘ilgan R.Y. yonidan 185,49 gramm opiy giyohvandlik vositasi topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, R.Y. tanishi Qudrat ismli shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Madiyor ismli shaxsdan, taxminan, 600 gramm opiy giyohvandlik vositasini 6800 AQSh dollariga sotib olgan. Undan, taxminan, 400 grammini Qudratda qoldirib, qolgan qismini sotish maqsadida Xorazmga olib ketayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan A.F. ismli shaxs Toshkent shahridan Buxoro shahrida joylashgan temirchilik sexlaridan biriga kelgan vaqtida unga tegishli bo‘lgan charm sumka ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 173,15 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, olingan tezkor ma’lumotlar asosida, A.F. Toshkent shahrida vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, unga tegishli bo‘lgan kurtka cho‘ntagida ham 220 gramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Navbatdagi holat Toshkent shahrida qayd etildi. DXX va shahar Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 1980-yilda tug‘ilgan R.S. Chilonzor tumanida 1974-yilda tug‘ilgan I.Sh.ga 100 gramm gashish giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Shuningdek, ularda mavjud bo‘lgan 1550 AQSh dollari va 2 million so‘m ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

S.R. Chilonzor tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1976-yilda tug‘ilgan I.O. hamda 1987-yilda tug‘ilgan R.A. tegishli bo‘lgan 195 gramm gashish moddasi topildi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют