» » DXX 3 ta viloyatda qariyb 11,5 kg “gashish” va “opiy” savdosiga chek qo‘ydi

DXX 3 ta viloyatda qariyb 11,5 kg “gashish” va “opiy” savdosiga chek qo‘ydi


Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘iziston fuqarosi M.A. Quva tumanidagi dehqon bozori hududida 8,698 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasi bilan ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga DXX tomonidan xabar berildi.

Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik moddasi O‘zbekistonga Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Boshqa bir holatda esa Vodil—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi T.B. boshqaruvidagi Tracker avtomobili to‘xtatilib tekshirilganda, 504 gramm “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida aniqlanishicha, T.B. ushbu moddani Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumanida yashovchi shaxsdan 1500 dollarga sotib olgan va aylanma yo‘llar orqali Farg‘ona tumaniga olib kirgan.

Xabar berilishicha, bu kabi giyohvand moddalar savdosi Andijonda ham fosh etilgan. DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Asaka tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Y.S. va uning sherigi T.M. 802 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingan. Ular ushbu giyohvand moddani Marhamat tumanida yashovchi F.F.dan 9900 dollarga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu ishga aloqador bo‘lgan F.F. hamda A.M. ham qo‘lga olingan. F.F.ning yonidan giyohvand modda savdosiga tegishli bo‘lgan 2600 dollar, A.M.ning yonidan esa 7300 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Toshkent viloyati Bekobod shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida muqaddam sudlangan fuqarolar B.U. va E.B. qo‘shni Tojikistondan olib kelingan 995 gramm “opiy” giyohvand moddasini 8000 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, dastlabki surishtiruv ishlari vaqtida E.B.ning uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon hovlisiga 490 gramm “gashish” moddasi ko‘mib qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida jami 10 kilogramm 494 gramm “gashish” va 995 gramm “opiy” giyohvandlik moddalari musodara qilingan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют