» » Cobalt’ning yukxonasida olib kelingan odam qasddan o‘ldirilgani aks etgan video tarqaldi. Voqea O‘zbekistonda bo‘lmagan

Cobalt’ning yukxonasida olib kelingan odam qasddan o‘ldirilgani aks etgan video tarqaldi. Voqea O‘zbekistonda bo‘lmagan


Ijtimoiy tarmoqlarda bir kishining qasddan otib tashlanib, so‘ngra avtomobil yordamida bosib ketilgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV videodagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumiga o‘xshash avtomashina haydovchisi hamda bir yo‘lovchi mashina yukxonasidagi shaxsni yerga tushirib, uni o‘qotar qurol yordamida otib tashlagani, so‘ng avtomobilda uni bosib voqea joyidan ketib qolgani tasvirlangan video tarqaldi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat Lotin Amerikasi davlatlaridan birida sodir etilgan.

“Bu voqea O‘zbekistonda bo‘lgan deb tarqatilayotgan ma’lumot haqiqatga mos kelmaydi. Fuqarolarimizdan va ijtimoiy tarmoqda kanal yurituvchilardan tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Braziliyaning Estado de Minas nashrining yozishicha, mazkur ko‘ngilsiz hodisa mamlakat shimoli-g‘arbidagi Belu-Orizonti tumanida sodir bo‘lgan. Qotillikda gumonlanib uch nafar erkak va 16 yoshli o‘smir qo‘lga olingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют