» » Olimlar Arktikadagi barcha muzlar keyingi 35 yil ichida erib ketishini ma’lum qildi

Olimlar Arktikadagi barcha muzlar keyingi 35 yil ichida erib ketishini ma’lum qildi


Britaniyalik iqlimshunos olimlar 2035-yilga borib Arktika mutlaq muzsiz qolishini ma’lum qildi. Ularning tadqiqot natijalari Nature Climate Change ilmiy jurnalida chop etilgan.

Ta’kidlanishicha, ekspertlar bu kabi xulosaga sayyoraning shimoliy qismidagi holatning Yer tarixidagi so‘nggi issiq davrni — 125 ming yil oldingi sharoitni tahlil qilish orqali kelgan.

“Arktika global isish ta’siri ostida juda ham o‘zgarishga uchrayotganini bilamiz... 2035-yilga borib Arktika muz qoplamasisiz qolishining o‘zi insoniyatni global isishga qarshi faolroq kurashishga majbur qilishi kerak”, — deydi maqola mualliflaridan biri, Britaniya antarktika xizmati iqlimshunosi Luiza Saym.

Dunyo iqlimshunoslari global isish mavjudligiga va harorat ko‘tarilishi 1,5 darajaga pasaytirilmasa, u sayyora ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuborishiga ishonmoqda.

Tadqiqot mualliflari bunga dunyoning asosiy siyosatchilarini jalb etish va ularni iqlim muammolariga qarshi kurashda yangi choralarni amalga oshirishga majbur etish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan.

Avvalroq so‘nggi uch o‘n yillikda Janubiy qutbdagi harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravarga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Arktika muzliklari qachon to‘liq yo‘qolib ketishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют