» » Namanganda 11-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi

Namanganda 11-avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi


Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mazkur hujjatga ko‘ra, joriy yil 11-avgust kunidan boshlab Namangan shahar va tumanlar hududida hamda shahar (tuman)lararo yo‘nalishlarda jamoat transportida (avtobus, yo‘nalishsiz taksi) yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda yo‘lovchilarni cheklangan soniga qat’iy amal qilinishi va ish soati 22.00 yakunlanishi belgilab qo‘yiladi.

Hokimliklar huzuridagi karantin cheklovlarini yumshatish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhlar xulosasi asosida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

Mazkur muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va majmualar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda belgilangan shartlarga amal qilinishi lozim. Aks holda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi va faoliyati to‘xtatiladi.

Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Viloyat komissiyasi yig‘ilishida ushbu yumshatish choralari joriy etilayotganini suiiste’mol qilmaslik, ommaviy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik, masofani saqlash, niqob taqish kabi birlamchi qoidalarga doimiy amal qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют