» » Samarqandda 12-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, go‘zallik salonlari va sport o‘yingohlari faoliyatini qayta boshlaydi

Samarqandda 12-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, go‘zallik salonlari va sport o‘yingohlari faoliyatini qayta boshlaydi


Samarqandda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi xulosasiga ko‘ra, 2020-yilning 12-avgustidan karantin qoidalari yumshatilib, oshxona va mehmonxonalar, go‘zallik salonlari va sport o‘yingohlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 12-avgust, chorshanba kunidan boshlab viloyatda soat 06:00 dan 23:00 ga qadar avtotransport vositalarida stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, soat 08:00 dan 20:00 gacha ikki metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlab, bir stol atrofida to‘rt kishidan ko‘p bo‘lmagan holda umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga ham ruxsat beriladi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, nodavlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkiloti, nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari va zargarlik do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari, mehmonxonalar, ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari, sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlar tashkil etgan holda ta’lim markazlari va to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ruxsat berilgan faoliyat turlarining karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan viloyat Sanitariya-epidimologik nazorat boshqarmasi nazoratni amalga oshiradi. Karantin talablarini buzgan muassasalar, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, 11-avgustdan boshlab Farg‘onadagi oshxona, restoran va kafelar o‘z faoliyatini qayta boshlashi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют