» » Kanye Uest Yeezy krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishdi. Poyabzal ijtimoiy tarmoqda memga aylandi?

Kanye Uest Yeezy krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishdi. Poyabzal ijtimoiy tarmoqda memga aylandi?


Reper Kanye Uest Twitter sahifasida Yeezy Bost krossovkalarining yangi modeli surati bilan bo‘lishdi. Bu haqda Harper’?s Bazaar nashri xabar berdi.

Foto: Beauty Hack

Ta’kidlanishicha, krossovkalar ikki xil: qaymoqrang relyefli YZY D Rose va qulay uy shippagini esga soladigan sariq TURRELLIENS modellaridan iborat.

YZY D Rose coming soon ???? pic.twitter.com/SqHdj4SUrg

— ye (@kanyewest) August 9, 2020

Kanyening dizayni futuristik uslubda ekani bilan boshqalardan farq qiladigan krossovkalari ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar tomonidan boshqa detallarga original va o‘ziga xos tarzda qiyoslangan. Ayrimlar kartoshkaga yangi dizayn ko‘rinishini esga soladigan qilib ishlov bergan, boshqalar bo‘lsa estafetani baliq skeleti yoki lapsha suratini joylash bilan davom ettirgan.

Shunga qaramay hali na Adidas, na Yeezy Supply xonanda ijtimoiy tarmoqda bo‘?lishgan yangi krossovka modellari bilan bog‘liq rasmiy ma’lumot bermagan, deyiladi xabarda. Qo‘shimcha qilinishicha, YZY D Rose va TURRELLIENS’ning taqdimot sanasi hamda belgilangan narxi ham hali ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, bundan avvalroq ham Kanye Uest o‘z brendining yangi krossovkasi suratini e’lon qilgan va odamlar model dizaynini xinkaliga o‘xshatgandi. 2019-yilda taqdim qilingan Yeezy foam runner modeli esa moda olami vakillari hamda foydalanuvchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda memga aylangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют