» » O‘zbekistonda 2021-yildan davlat organlarida ochiq kodli dasturiy ta'minotlardan foydalanish joriy etiladi

O‘zbekistonda 2021-yildan davlat organlarida ochiq kodli dasturiy ta'minotlardan foydalanish joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy ta’minotlarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Davlat organlari va tashkilotlarida 2021-yil 1-yanvardan erkin tarqatiladigan, ochiq kodli, sertifikatlangan va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigan barcha turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanish joriy etiladi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy ta’minotlarni joriy qilish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari 2021-yil 1-iyuldan texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilgan, axborot xavfsizligi talablariga muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan sertifikatsiyadan o‘tkazilgan ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan majburiy foydalanish belgilanadi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK sertifikatsiyalangan ochiq kodli dasturiy ta’minotlar Yagona reyestrini shakllantiradi va doimiy ravishda yuritib boradi.

Davlat organlari va tashkilotlari:

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar davlat organlari uchun ularning budjetdan tashqari fondlari hisobidan, boshqa tashkilotlar uchun o‘zlarining daromadlari hisobidan ta’minlanishi belgilanadi.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti zimmasiga yuklanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют