» » Andijonda o‘qishga kirtib qo‘yishni va’da qilgan kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi

Andijonda o‘qishga kirtib qo‘yishni va’da qilgan kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi


Andijon viloyatida universitetga kiritish evaziga 2 ming dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi, deya “Daryo”ga xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 8 ming dollar talab qilgan. Biroq hozirda institutga hujjatlarni topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga talab qilingan pullardan 2 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют