» » O‘zbekistonda yirik davlat kompaniyalari ustidan ham parlament nazorati o‘rnatiladi

O‘zbekistonda yirik davlat kompaniyalari ustidan ham parlament nazorati o‘rnatiladi


O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari endi xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini eshitish vakolatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari hukumat a’zolaridan tashqari, endilikda xo‘jalik boshqaruv organlari ustidan ham parlament nazoratini o‘rnatish vakolatiga ega.

Shu bilan birga, qonunda parlament tekshiruvlari Oliy Majlis palatalarining nafaqat qo‘shma qarorlari, balki, alohida qarorlari asosida ham o‘tkazilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan parlament va senator so‘rovlari kimning nomiga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajarish yuklatilgan shaxs tomonidan javob beriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xo‘jalik boshqaruv organlari qatoriga “O‘zbekneftegaz” AJ, Uzbekistan Airways AJ, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari hamda boshqalar kiradi.

O‘zbekiston parlamentida davlat kompaniyalari rahbarlarining hisobotini tinglash tartibi joriy qilinishi haqida avvalroq xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют