» » O‘zbekistonda uy-joyga doimiy propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar ham kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash bo‘yicha javobgar hisoblanadi

O‘zbekistonda uy-joyga doimiy propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar ham kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash bo‘yicha javobgar hisoblanadi


Ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi endilikda hududiy adliya boshqarmalari va tuman adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitadi.

Bunda kengashning qarori tegishincha Adliya vazirligiga hamda viloyat adliya boshqarmasiga yuboriladi.

Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, uy-joyga doimiy propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar ham elektr, gaz, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish xizmatlari uchun haq to‘lash bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq endilikda normativ-huquqiy hujjat loyihasi hujjatni qabul qiluvchi organga kiritilayotganda unga Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza bo‘yicha xulosasi ham ilova qilinadi.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasiga va Hukumatga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza bo‘yicha xulosasi bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekiston Respublikai Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan Senat tomonidan Adliya vazirining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq axborotini eshitishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют