» » Toshkentda Pokiston Milliy banki vakolatxonasining akkreditatsiyasi bekor qilindi

Toshkentda Pokiston Milliy banki vakolatxonasining akkreditatsiyasi bekor qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining 2020-yil 30-iyuldagi qaroriga muvofiq, Pokiston Respublikasi Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar qilgan.

Mazkur qaror Pokiston Milliy bankining (PMB) Xalqaro operatsiyalar biznes strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondagi bank operatsiyalarini, jumladan, Toshkent shahridagi vakolatxonasini yopish to‘g‘risidagi murojaatiga binoan qabul qilingan.

Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Respublikasi o‘rtasidagi bank hamda investitsiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Vakolatxona o‘z faoliyatini 1995-yil 29-noyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda karantinning uzaytirilishi asosiy iste’mol tovarlarining narxlari oshishiga olib kelishi mumkin” — Markaziy bank



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют