» » Kinokompaniya filmdagi ishtirokini to‘xtatgan aktrisa Yeva Grindan 130 mln dollar talab qildi

Kinokompaniya filmdagi ishtirokini to‘xtatgan aktrisa Yeva Grindan 130 mln dollar talab qildi


Fransuz modeli va aktrisasi Yeva Grin “Vatanparvar” fantastik trillerida suratga tushish jarayonida muammoga duch keldi. White Lantern kinokompaniyasi yulduzdan suratga olish jarayoni to‘xtashiga sabab bo‘lgani uchun 130 million dollar talab qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kinostudiya a’zolarining aytishiga qaraganda 40 yoshli Grin suratga tushish ishlarini to‘xtatib qo‘ygan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa kompaniyaga ortiqcha talab qo‘ya boshlagan. U qo‘shimcha tarzda prodyuser Pola Saroni vizual effektlar bo‘yicha nazoratchi Jorj Zvira va ssenariy muallifi Janett MakGrat yollashni talab qiladi. Shuningdek, yulduz kompaniyaga o‘zining yordamchilariga haq to‘lanishi kerakligini ham aytgan.  Oxirida esa aktrisa “Vatanparvar” filmida suratga tushishdan ham bosh tortgan.

Bu orada Yeva kinokompaniyani ham sudga berdi. U 1 million dollardan ko‘proq gonorarni to‘lashini talab etgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilishicha, film namoyish etilmasa-da, gonorarini olishi kerak.

Mavzuga doir:  Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют