» » Bayrutdagi portda yuz bergan portlash qurbonlarining soni 170 nafardan oshdi

Bayrutdagi portda yuz bergan portlash qurbonlarining soni 170 nafardan oshdi


Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida vafot etganlar soni 171 nafarga yetdi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi axboroti asosida Sky News Arabia telekanali xabar bergan.

Bayrutda yana 30 nafar odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Besh ming nafardan ziyod kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda 4-avgust kuni kuchli portlashlar yuz berdi. Mazkur hodisadan keyin Bayrutda ommaviy namoyishlar boshlandi va namoyishchilar mamlakat hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi. Ularning fikricha, aynan mamlakat rasmiylari portda ammoniy nitrati saqlanishi sharoitlarini ta’minlamagani sababli yuz bergan portlashlar uchun javobgar hisoblanadi.

Livandagi siyosiy inqiroz vaqtida sodir bo‘lgan ushbu portlashdan keyin fuqarolar norozilik namoyishlari o‘tkazishni boshlagani oqibatida mamlakat hukumati ham iste’fo bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют