» » Livan hukumati ommaviy namoyishlar sababli iste’foga chiqishga qaror qildi

Livan hukumati ommaviy namoyishlar sababli iste’foga chiqishga qaror qildi


Livan hukumati so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar sababli iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hasanga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Hasan Diab 10-avgust kuni mamlakat prezidenti Mishel Aunni bu qaror haqida rasman xabardor qiladi.

Shuningdek, 10-avgust kuni Livanning 4 nafar vaziri namoyishlar ortidan iste’foga chiqqan.

Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda 4-avgust kuni kuchli portlashlar yuz berdi. Mazkur hodisadan keyin Bayrutda ommaviy namoyishlar boshlandi va namoyishchilar mamlakat hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi. Ularning fikricha, aynan mamlakat rasmiylari portda ammoniy nitrati saqlanishi sharoitlarini ta’minlamagani sababli yuz bergan portlashlar uchun javobgar hisoblanadi.

Mavzuga doir: Bayrutdagi portlash va uning oqibatlari — suratlarda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida taxminan 200 kishi halok bo‘lgan, 6 ming kishi jarohat olgan.

Portlash to‘lqini ko‘plab binolarni vayron qilgan, xalqaro aeroport binolari zararlangan. Portlash to‘lqini hatto Kiprda ham sezilgan.

Mavzuga doir: Foto: Bayrut porti va uning atrofi — portlashdan avval va keyin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют