» » Levi’s va Ganni brendlari qayta ishlangan jinsidan tikilgan kiyimlarni taqdim qildi. Ular sotilmaydi, ijaraga beriladi

Levi’s va Ganni brendlari qayta ishlangan jinsidan tikilgan kiyimlarni taqdim qildi. Ular sotilmaydi, ijaraga beriladi


Amerikaning mashhur Levi’s hamda Daniyaning Ganni brendlari hamkorlikda eski va qayta ishlangan matodan yaratilgan kolleksiyani taqdim qildi. Esquire’ning yozishicha, mazkur liboslar sotuvga qo‘yilmaydi, kiyish uchun ijaraga beriladi.

Ta’kidlanishicha, Love better deb nomlangan ushbu kolleksiyani yaratishdan maqsad ortiqcha ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratish va apsaykling, ya’ni kiyim-kechaklarni ikkilamchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, liboslarni sotishdan ko‘ra ijaraga berishni targ‘ib qilishdan iborat.

Har bir libosga mato qayerdan olingani va tikilgani haqida ma’lumot qayd qilingan yorliqlar yopishtirilgan, deyiladi xabarda. Kolleksiyadan bir necha xil uslubda kiyish imkoniyati mavjud bo‘lgan jinsi, ko‘ylak va liboslar o‘rin olgan. Jinsilarga qadalgan ikki qator tugmalar tufayli uni xohishga qarab erkin yoki tor uslubda kiyish mumkin. Ko‘ylaklar esa keng va katta yoqalar bilan bezatilgan.

Narxi 55 dollardan boshlanadigan kiyimlar Ganni Repeat maxsus platformasi orqali ijaraga beriladi. Ganni kiyimlarni qayta ishlangan quti va paketlarda yetkazib berilishi hamda kiyilgan libosni kimyoviy tozalash ekologik tarzda amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют