» » Gonkongda yirik media-magnatning qo‘lga olinishi uning kompaniyasi narxini 12 baravarga oshirdi

Gonkongda yirik media-magnatning qo‘lga olinishi uning kompaniyasi narxini 12 baravarga oshirdi


Gonkongning Next Digital kompaniyasi aksiyalari 10-avgust kuni 1100 foizga qimmatladi, narxlarning oshishi kompaniya rahbari Jimmi Leyning Gonkongning xavfsizlik haqidagi yangi qonuniga asosan qo‘lga olinganidan so‘ng yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aksiyalar xaridi qo‘lga olingan kompaniya rahbarini qo‘llab-quvvatlash uchun onlayn forumlar orqali muxolifat vakillari tomonidan amalga oshirilgan. Muxolifat Gonkongda fuqarolik huquqlarining cheklanishiga qarshi chiqmoqda.

Natijada Next Digital kompaniyasi aksiyalari narxi yetti yil ichidagi eng yuqori qiymatga chiqqan, uning kapitalizatsiya qiymati esa 335 million dollarga yetgan.

Qo‘lga olingan kompaniya rahbarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keyingi harakat sifatida muxolifat Jimmi Leyning nashriyoti tomonidan chiqariladigan Apple Daily gazetasi tirajini sotib olishni rejalashtirmoqda.

11-avgust kuni gazetaning yangi sonidan 550 ming nusxa sotib olinishi rejalashtirilgan, bunda gazetaning kunlik tiraji soni 70 ming nusxani tashkil qiladi.

Media-magnat Jimmi Ley 10-avgust kuni Gonkong politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. U xorijiy kuchlar bilan til biriktirganlikda gumonlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют