» » Tailand hukumati sayyohlar uchun 2021-yilda ham chegaralar yopiq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi

Tailand hukumati sayyohlar uchun 2021-yilda ham chegaralar yopiq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi


Tailand turistik boshqarmasi mamlakatda turistlar uchun davlat chegaralari koronavirus pandemiyasi davom etayotgani hamda hududga COVID-19 infeksiyasi kirib kelishi xavfi borligi sabab yopiq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda TTG Asia portaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bergan.

“Tailand turistik boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Chattan Kunjara Na Ayudxya mamlakatda chegaralarning ochilishi borasida rasmiy ma’lumot yo‘qligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirollik oilasi mazkur masalaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda va 2020-yilda xorijlik sayyohlar uchun mamlakatning ochib berilishi muhokama qilinmayapti”, – deb yozmoqda nashr.

Ayudxya bu boradagi mavhumlik turizm ochilishiga to‘sqinlik qilib, sohaga kuchli bosim o‘tkazayotganini ta’kidlagan.

“Odatda Rojdestvo – katta daromad keltiradigan mavsum va uning boshlanishi so‘roq ostida qolmoqda. Shuningdek, fevraldagi Xitoy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayrami borasida ham xavotirlar mavjud”, – degan u.

Tailand hukumati mamlakatlarda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari uchrab turgani tufayli “turistik yo‘laklar” tuzish loyihasini amalga oshirishga shoshilmayapti va Vyetnamdagidek vaziyat bo‘lishidan xavotirda.

Shunga qaramay, Tailandda mamlakatni ichki turizm doirasida aylanishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ortib bormoqda. Ular orasida – diplomatlar, BMT vakillari, xizmat safaridagi shaxslar, shuningdek, ko‘rgazmalarga, sog‘liqni saqlash yo‘llanmasi bo‘yicha kelgan xorijliklar ham sayohat qilishi mumkin, biroq ular 14 kunlik karantinda bo‘lishi talab etiladi.

“Shuningdek, lokal ‘turizm yo‘laklari’ni tashkil qilish bo‘yicha ham rejalar muhokama qilinmoqda, unga ko‘ra hukumat ro‘yxatiga kirgan bir qator xorij davlatlarining fuqarolari 30 kunlik sayohatga kelishi mumkin va Pxuket yoki Samuiga bora oladi. Biroq hukumat hali ushbu guruhlarni diqqat bilan kuzatib, ro‘yxatni shakllantirmoqda”, – deydi Ayudxya.

TTG Asia’da yozilishicha mamlakatda turizmni chegaralar yopiq sharoitda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni ko‘radi. Qirollikda hukumat turistik agentliklarga ko‘mak berish maqsadida Safe and Sealed nomli yangi reja ishlab chiqilmoqda va uning ijrosi 2020-yilning to‘rtinchi choragida boshlanadi. Reja bo‘yicha Tailand kurortlariga kirishga bir oy davomida hududida koronavirusga chalinishi kuzatilmagan sayyohlarga ruxsat beriladi va ularning sayohati bitta tur doirasida amalga oshiriladi. Sayyoh sug‘urta qog‘ozini va COVID-19’ni aniqlash testining (72 soat davomida) manfiy natijasi xulosasini taqdim etishi, shuningdek, yetib kelganidan PZR testini topshirishi lozim.

Chora-tadbirlar Tailanddagi turistik kompaniyalarning xodimlarni ishdan bo‘shatmasligi va chegaralar yopiq vaziyatda ularni inqirozga uchramasligi uchun yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan. Yangi reja bo‘yicha kamida 1,5 million nafar xorijlik sayyohlarni jalb qilinadi va daromad 1,6 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Tailand turistik boshqarmasi rahbari Yutasaka Supasorna pandemiya boshlanguniga qadar mamlakatdagi turizm tizimida 4 million nafar xodim faoliyat olib borgani, biroq daromadning keskin tushib ketishi oqibatida ishsizlar soni 2,5 million kishiga yetishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют