» » “Roszdravnadzor” COVID-19‘ga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasiga javob qaytardi

“Roszdravnadzor” COVID-19‘ga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasiga javob qaytardi


Rossiyaning Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati (“Roszdravnadzor”) Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasining Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.

“Roszdravnadzor” rahbari o‘rinbosari Valentina Kosenkoning “RBK” bilan suhbatda ma’lum qilishicha, ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangan va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. “Aftidan, Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi hech qanday natijalarni bilmay xulosa qilmoqda”, — degan Kosenko.

“Vaksinani o‘rganish tugamaguncha ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi — hech kim qonunni buzmaydi”, — deydi “Roszdravnadzor” rahbari o‘rinbosari. Uning ta’kidlashicha, vaksinani sinovdan o‘tkazishning uchinchi — ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi bosqichda bir necha minglab ko‘ngillilar ishtirok etadi.

“Roszdravnadzor”dan bo‘lgan Sergey Glagolev o‘z navbatida AQSh va Yevropa Ittifoqida preparatlar klinik sinovlarning dastlabki bosqichlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q deb topgan.

11-avgust kuni mamlakat prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina ro‘yxatga olinganini va qizlaridan biri emlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi emlanishdan so‘ng qizining tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. “Ikkinchi muolajadan so‘ng tana harorati yana biroz ko‘tarilib, keyin tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, — degan Putin.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanish haqidagi takliflarni o‘rganib chiqmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют