» » Avstraliyada eski Volkswagen kemperi to‘liq restavratsiya qilinganidan so‘ng 12 barobar qimmatroqqa sotildi

Avstraliyada eski Volkswagen kemperi to‘liq restavratsiya qilinganidan so‘ng 12 barobar qimmatroqqa sotildi


Avstraliyalik avtomexanik Fil Xoken VW T2 bazasida yaratilgan Volkswagen Jurgen Autovilla kemperini sotib oldi. Kuzovi shikastlangan mashinani u besh ming dollarga xarid qilgan, biroq u ushbu narxni 12 barobar oshirishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Xoken Volkswagen Jurgen Autovilla’ni restavratsiya qilish bilan yetti oy shug‘ullangan. Avstraliyalik erkakning so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilni tom ma’noda noldan qayta yig‘ishga majbur bo‘lgan. Zanglab ketgan kuzov panellari hamda yog‘ochdan ishlangan modulning chirigan asoslari yangisiga almashtirilgan. Xoken mashina ichiga ikki kishilik yotoq, sanuzel, plitali oshxona va muzlatkich o‘rnatgan.

Volkswagen’ning “yalpoq” original dvigateli o‘rnini Subaru Forester’ga tegishli ikki litrli EJ20 “atmosfera”si egallagan. Mexanik mashinani ta’mirlashga 30 ming dollar sarflagan.

Restavratsiyani yakunlagan Xoken kemperni kimoshdi savdolariga qo‘ygan. Savdolar boshlanganidan 17 soat o‘tib, avtomobil 60 ming dollarga sotilgan. Retro kemperga bo‘lgan ulkan talab mexanikni ilhomlantirib yuborgan: u yana uchta eski Volkswagen Transporter Kombi sotib olgan, hozirda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Moskvada Lada 4x4 modeli g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют