» » O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi JCh—2022 saralash o‘yinlari qoldirildi

O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi JCh—2022 saralash o‘yinlari qoldirildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bahslari doirasidagi oktabr va noyabr oyidagi o‘yinlari 2021-yilga qoldirildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli FIFA va OFK 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalar ishtirokida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa Jahon Chempionati saralash o‘yinlarining barchasi 2021-yilga qoldirildi.

Hozircha o‘yinlarning yangi sanasi haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining 2-bosqichida 13-oktabrda Yaman, 12-noyabr sanasida Singapur va 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘yin o‘tkazishi kerak edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют