» » Jizzaxda SEOM xodimlariga 898 million so‘m qo‘shimcha to‘lov ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi

Jizzaxda SEOM xodimlariga 898 million so‘m qo‘shimcha to‘lov ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi


Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga 898 million so‘m qo‘shimcha to‘lov ish haqlari berilmagani aniqlandi. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 24-apreldagi 4695-sonli “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yana-da rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida ushbu qaror talablariga rioya etilishi ahvoli monitoring orqali o‘rganilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganish davomida, tashkilot tomonidan 2020-yil iyun va iyul oylari uchun markazning tibbiyot xodimlariga 898 million so‘m qo‘shimcha to‘lov ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qonun hujjatlari buzilishi, ularning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga taqdimnoma kiritilib, 568 nafar markazning tibbiyot xodimiga 2020-yilning iyun va iyul oylari uchun qo‘shimcha to‘lov ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlangan.

Avval Qashqadaryo SEOM mutasaddilari deyarli 918 million texnologiyalarso‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют