» » “Barselona” futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Barselona” futbolchisida koronavirus aniqlandi


“Barselona” futbol klubi matbuot xizmati jamoa futbolchilaridan birida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Barselona” tasarrufiga qaytib kelgan to‘qqiz futbolchining biridan COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Quyidagi to‘qqiz futbolchi ijaradan so‘ng katalonlar safiga qaytgandi: Pedri, Fransishku Trinkau, Mateus Fernandes, Jan-Kler Todibo, Mussa Vage, Karles Alenya, Rafinya Alkantara, Xuan Miranda va Oriol Buskets.

Ta’kidlanishicha, kasallangan futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda va uyida izolyatsiyaga olingan.

Chempionlar Ligasi yarim finalida ishtirok etish uchun 12-avgust kuni Lissabonga uchib ketishi kerak bo‘lgan “Barselona” futbolchilari virus yuqtirib olgan o‘yinchi bilan kontaktda bo‘lmagan.

“Barselona” 14-avgust kuni musobaqa yarim finali doirasida “Bavariya” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют